1. U juda qiyinchilik chog’ida dunyoga keladi. Yoshlik chog’idayoq uydan chiqib ketadi. Tirik qolish uchun qo’shiq aytib kun ko’radi va o’z konserti vaqtida joniga qasd qilishadi. Ushbu qahramon va qotilni toping.
Javob: Tulki va bo’g’irsoq
2. 3 ta archa o’sardi. Har birida 7 tadan shox mavjud. Har bir shoxda 3 tadan olma meva bor. Barcha daraxtning jami mevalari soni nechta bo’ladi?
Javob:Archada olma o‘smaydi.
3. Ko’p qavatli kiyim kiygan, usti yashil ichi sariq, bolalari qator-qator, pishganda mazali.
Javob: Karam
4. Quyon o’rmondagi hayvonlarga shunday savol berdi: «Agar men ayiqdan og’irroq bo’lsam-u, lekin chumolidan yengilroq bo’lsam, oramizda kim eng yengil bo’ladi?».
Javob: Ayiq
5. Men suvman va suv yuzida suzib yuribman. Men kimman?
Javob: Muz