TABIAT HAQIDA AJOYIB VA G‘AROYIB, QIZIQARLI MA’LUMOTLAR!!!
1. Quyosh sistemasi taxminan 4,6 milliard yil oldin, ya’ni olam paydo bo‘lgandan so‘ng 10 milliard yil o‘tgach vujudga kelgan.
2. Oy Yerga qaraganda kichikroq bo‘lgan tosh shardir. U bizning sayyoramiz atrofida aylanadi. Olimlarning fikricha, Oy noma’lum sayyoraning Yer bilan to‘qnashuvidan paydo bo‘lgan. Zarba shunchalar kuchli bo‘lganki, chaqirilmagan sayyoradan erigan bo‘laklargina qolgan. Ular qayta koinotga qaytgan va birikib Oy vujudga kelgan.
3. … aslida har bir yulduz Quyoshga o‘xshash issiq va yorug‘lik beruvchi bahaybat gazli sharlardir. Bizning Quyoshimiz ham yulduz. U yerga yaqin joylashgani uchun ham katta ko‘rinadi.
4. Bizda bir yilda to‘rt fasl bor. Bular – qish, bahor, yoz va kuzdir. Yer o‘qi biroz egilgan va Yer Quyosh atrofida aylangan vaqtda, uning bir qismi nurga bir necha oy yaqin turadi. Quyoshga egilgan qismiga yoz, boshqa tarafida esa qish hukmronlik qiladi.
5. Yerda qariyb yangi suv paydo bo‘lmaydi. Aynan bir suv bir xil hajmda qayta-qayta ishlatiladi. Quyosh dengiz suvini isitadi va uning yuzasidagi millionlab litr suvlar bug‘ga aylanib havoga ko‘tariladi. Bug‘ sovib yomg‘ir yoki qor yog‘diruvchi bulutda to‘planadi. Daryolar yomg‘ir suvini qaytadan dengizlarga olib boradi va hammasi yana boshidan boshlanadi.
6. Shamol – havoning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurishidir.
7. Yozda kechalari yer ustida katta bo‘lmagan bulutlarni ko‘rish mumkin. Bu tuman tushishidir. Jaziramadan so‘ng havoda namlik bug‘ shaklida ko‘payib ketadi. Bug‘ soviyotgan havo bilan to‘qnashganda, yuzasida tuman paydo bo‘ladi.
8. Botqoqlik kesib tashlangan yoki yongan o‘rmon o‘rnida paydo bo‘lishi mumkin. Bunday joylarda yerdan suv chiqib, o‘simliklar chirib, qulaydi. Uning o‘rnida botuvchi balchiqlar paydo bo‘ladi.
9. Shamol osmonda yomg‘irli qora bulutlarni haydaydi. Suv tomchilari yomg‘irli bulutlarga qo‘shiladi, ularning ichki qismida elektr paydo bo‘ladi. Chaqmoq сhaqib, momaqaldiroq gumburlaydi. Chaqmoq – bulut ichidagi yoki bulut va yer o‘rtasidagi kichik elektr zaryadidir. Elektr zaryadining tovushi momaqaldiroq deb ataladi.
10. “Dinozavr” so‘zi “dahshatli kaltakesak” degan ma’noni anglatadi. Olimlarning fikricha, bundan 65 million yil ilgari Yerda dahshatli halokat yuz bergan. Bizning sayyoramiz ulkan asteroid bilan to‘qnashgan. To‘qnashuv natijasida havoga katta miqdordagi changdan iborat bulut ko‘tarilib, quyosh nurlarini to‘sib qo‘ygan. Yerdagi barcha o‘simlik nobud bo‘lgan va dinozavrlar ochlikdan halok bo‘lishgan.
11. Sayyoramizdagi eng katta jonivor ko‘k kit hisoblanadi. Uning uzunligi 20 metrgacha, og‘irligi 150 tonnagacha bo‘ladi. Ushbu kitning birgina tilining og‘irligi butun boshli filning og‘irligiga tengdir.
12. Quruqlikdagi eng katta sut emizuvchi – Afrika filidir. Uning balandligi 3 metrdan ortiq bo‘lib, taxminan 8 tonna tosh bosadi.
13. Amerikada dunyodagi eng baland daraxtlar o‘sadi. Ular Kaliforniya sekvoyyalari deb ataladi. Ularning uzunligi 100 metrdan ortiq bo‘lib, bu 30 qavatli uydan yuqori degani.
14. Pingvinlar 1340 metrgacha suvostiga tushishlari, suv tagida 10 minutdan ortiq turishlari va soatiga 15 km tezlik bilan suzishlari mumkin.
15. Bahaybat odamsimon bo‘lmish orangutanlar Osiyoning Sumata va Kalimantana orollarida yashashadi. Bolalari ota-onalaridan har qanday gimnastikachi havas qiluvchi tryuklarni bajarishni o‘rganadi. Qizig‘i shundaki, ular har kuni tunni o‘tkazish uchun yangi uya qurishadi.
16. …tuyaqush uchishdan ko‘ra, yugurishni afzal ko‘radi. Afrika tuyaqushi ushbu oilaning eng yirik turi bo‘lib, uning balandligi 2,7 metrgacha, og‘irligi 80 kg gacha yetadi.
17. Non daraxtning tashqi ko‘rinishi dubga o‘xshash bo‘lib, u Osiyoda o‘sadi. Mahalliy xalq non daraxtini sevib, qadrlashadi. Ananasga o‘xshash mevalarini tunda terib qo‘yishadi. Tongda esa mevalar bijg‘iy boshlaydi va ulardan non tayyorlash mumkin. Bu daraxtdan 4-5 kishidan iborat oilani boqa oladigan meva bo‘ladi.
18. Tezlik borasida o‘rmon jonivorlari orasida quyonga teng keladigani yo‘q bo‘lsa kerak. Shuningdek, g‘ilay qayta yurish degan hunari bilan ovchilarni chalg‘itish qobiliyatiga ham ega. Chopayotgan quyon o‘zining izlaridan ortga qaytadi, so‘ng keskin ravishda yon tarafga sakrab ketadi.
19. Nargisning yoqimli hidi va nafis, nozik gullari uni barchaning sevimli guliga aylantirdi. O‘simlik o‘z nomini afsonaviy hurliqo o‘smir yigit Nargis sharafiga olgan. Afsonalarda aytishlaricha, Nargis o‘z takabburligi bilan xudolar tomonidan ayovsiz jazolangan. Ko‘ldagi o‘z aksini ko‘rgan yigit unga oshiq bo‘lib qolib javobsiz muhabbatdan vafot etgan.
20. Ko‘rshapalaklar tunda ovga chiqishadi. Tunda ko‘rshapalaklar ultratovushlar yordamida harakat qiladi. Ultratovushlar to‘siqlardan aks-sado qaytaradi, ko‘rshapalak ularning aks-sadosini tutib, yo‘ldagi narsalarga urilmay uchadi.
21. Yumronqoziqlar ham boshqa kemiruvchilar kabi dashtlarda yashashadi. Yumronqoziqlar hushtak chalishni bilishadi. Bu ularning muomala vositasi hisoblanadi. Hushtaklar yordamida ular bir-birlarini xavfdan ogoh etishadi. Sherigining ogohlantiruvchi hushtagini eshitgach yumronqoziq birdaniga uyasiga otiladi.
22. Yo‘lbars juda kuchli, epchil va sabr-toqatli jonivordir. U o‘lja izlab kuniga 100 kilometrgacha yo‘l yurib, 6-7 metrga sakrashi va 2 metr keladigan balandlikdan oshib o‘tishi mumkin.
23. Jirafa dunyodagi eng daroz hayvon hisoblanadi. Uning bo‘yi 6 metrgacha yetishi mumkin. Jirafaning ikki metrlik oyog‘i va uzun bo‘yni uni juda bahaybat qilib ko‘rsatadi.
24. Kenguru Avstraliyada yashaydi. U bolasini xaltasida olib yurishini ko‘pchiligingiz yaxshi bilasiz. Yangi tug‘ilgan kenguru bolasi onasini uning ho‘l junidan tanib, xaltachasiga kirib oladi. Kenguruning bolasi xaltada sut emib, xaltada katta bo‘ladi.