Tabiat – o‘quvchilarga borliqni anglash, atrof-muhitni his qilish, tabiatni sevishga o‘rgatuvchi fan.
“Tabiat” ta’lim sohasiga doir savollar:
1. Bir yilda nechta fasl bor?
2. Shaxsiy gigiyena uchun kerakli bo‘lgan 7 ta predmet nomini ayting.
3. Quyosh nima uchun kerak?
4. Kamalak qachon chiqadi?
5. Xazonrezgi faslni ayting.
6. Yomg‘ir va jalalar mavsumi bo‘lgan faslning nomini ayting.
7. Kamalak nechta rangdan iborat?
8. Qaysi faslda daraxtlar kurtak chiqaradi?
9. Poliz ekinlarini bir nafasda sanab bering.
10. Yoz fasli boshlanganini qanday bilasiz?
11. Bulutlar nima uchun kerak?
12. Sabzavotlar nomini bir nafasda sanab bering.
13. Qanday mevalar nomini bilasiz? 10 ta sanab bering.
14. O‘simliklarning tana qismini aytib bering.
15. Qanday gul nomlarini bilasiz (javob 5 tadan kam bo‘lmasligi kerak)?
16. Xona gullarining nomini ayting.
17. Uy hayvonlarini bir nafasda sanab bering.
18. Yovvoyi hayvonlarni ayting.
19. Qanday qushlar nomini bilasiz (javob 5 tadan kam bo‘lmasligi kerak).
20. Hasharotlarni sanab bering.
21. Yangi yil bayrami qaysi faslda nishonlanadi?
22. Elektr jihozlaridan 10 ta sanab bering.
23. Aqlli elektron mashina – … .
24. Oshxona anjomlaridan 10 ta sanab bering.
25. Qaysi faslda yerga ko‘proq ishlov beriladi?
26. Eng katta viloyatning nomini ayting.
27. O‘zbekiston hududining tasviri nimada aks ettirilgan?
28. O‘zbekistonning poytaxti qaysi shahar?
29. Jonsiz tabiatga misollar keltiring.
30. Jonli tabiatga misollar keltiring.
31. Qanday tabiat hodisalarini bilasiz?
32. Havo nimalardan tashkil topgan?
33. Tanlang. Havo bo‘shliqmi, bo‘shliq emasmi?
34. Shamol nima?
35. Suv 0 gradusda nimaga aylanadi?
36. Suvning holatini bilasizmi?
37. Muz nima?
38. Bug‘ nima?
39. Suv necha gradusda qaynaydi?
40. Yerning kichraytirilgan shakli qanday ataladi?
41. Okean suvining ta’mi qanday bo‘ladi?
42. Suvda yashaydigan hayvonlarni sanang.
43. Globusni o‘rab turgan havorang ranglar nimani bildiradi?
44. Yerdan otilib chiqadigan suv qanday nomlanadi?
45. Yog‘inlarni ayting.
46. Bulut nimadan hosil bo‘ladi?
47. Yer osti boyliklari nima? Sanab bering.
48. Granit qanday ma’noni anglatadi? (donador)
49. Gildan qanday buyumlar tayyorlanadi?
50. Kalsitlarga nimalar kiradi?
51. Toshko‘mir qanday hosil bo‘ladi?
52. Toshko‘mirdan qanday mahsulotlar olinadi?
53. Neftdan qanday mahsulotlar olinadi?
54. Paxtadan qanday mahsulotlar olinadi?
55. Donli ekinlarni sanab bering.
56. Qanday begona o‘tlarni bilasiz?
57. Manzarali daraxtlarni sanang.
58. Dorivor o‘simliklarni sanang.
59. Yo‘qolib borayotgan hayvon va o‘simliklar qanday kitobga kiritiladi?
Odamning tana tuzilishini sanab bering.