1.Yo’llari bor, yurib bo’lmaydi,
Yerlari bor – ekib bo’lmaydi,
yam-yashil o’tloq bor – yulishni iloji yo’q,
Dengiz, daryo ko’llari bor, ammo suvi yo’q.
Bu nima?
Javob: Xarita
2.Yerdan osonlikcha ko’tarish mumkin, lekin uni uzoqqa otib bo’lmaydi.
Bu nima?
Javob: Qush pati
3.O’rdaklar suv ichishga qator bo’lib ketayotgan edi. O’rdaklardan biri oldinga qarab, 17 ta boshni ko’rdi. Ortiga qarasa — 42 ta panja kelayotgan ekan. Jami nechta o’rdak suv ichishga ketmoqda?
Javob: 39 ta. Oldinda 17 ta o’rdak. Ortida esa 21 ta. Shuningdek boshini orqa-oldinga burgan o’rdakning o’zi ham.
4. Nok osilib turibdi, lekin uni yeb bo’lmaydi. Lampochka emas.
Javob: Begonaning noki.