Yil fasllari — bahor, yoz, kuz, qish. Yil fasllarining almashinishi Yer aylanish oʻqining orbita (Yerning Quyosh atrofida aylanish yoʻli) tekisligiga nisbatan ogʻishganligi (66°33’) sabab boʻladi.
Yer Quyosh tevaragida aylanganda Yer oʻqining yoʻnalishi oʻzgarmaydi. Shu sababli Yer Quyosh atrofida aylanar ekan bir Shimoliy qutb, bir Janubiy qutb Quyoshga qarab qoladi. Shimoliy qutb Quyoshga roʻpara boʻlganda Shimoliy yarim shar koʻproq isiydi, Janubiy qutb Quyoshga roʻpara kelganda esa Janubiy yarim shar koʻproq isiydi. Shundan yil fasllari almashinadi.
Shimoliy yarim sharda bahor faslining boshlanishi deb — Quyoshning bahorgi kun-tun tengligi nuqtasidan oʻtish vaqti (21—22 mart);
Yoz faslining boshlanishi deb Quyoshning yozgi turish nuqtasidan oʻtishi (21 —22 iyun);
Kkuz faslining boshlanishi deb — Quyoshning kuzgi teng kunlik nuqtasidan oʻtishi (23 sentabr)
Qishning boshlanishi deb — Quyoshning qishki turish nuqtasidan oʻtishi (21—22 dek.) kunlari qabul qilingan. Janubiy yarim sharda bularning aksi boʻladi.